Biz, millat
Na xo‘rliq, na kasolat?—Doimo afgor biz, millat, Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz?—Xor, biz, millat.
Jaholat qaziyasi do‘ndurdi istiqboli rif’atdan, Ma’oz-illoki, na iqror, na inkor—biz, millat.
Tutub selobi g‘aflat mavji g‘amg‘a tashladi, hayhot, Jahon Jayhunlarig‘a to‘‘mai tayyor—biz, millat.
Tamaddunfeshalikdan o‘zgalar ruhi mujassamdur, Hayota qobil ermas, surati devor—biz, millat.
Hama ilmu hunar asbobini olmaqni istarsa, Chafon, chalma, riyo sotmoqg‘a xo‘b tujjor—biz, millat.
Tafakkur soyasida o‘zgalar shahdu shakar yersa, Tururmiz baqrayib har go‘shada bekor—biz, millat.
Mayu minosini tark aylasa ag‘yor, bizlar, oh, Ichib jomi jaholatdan, hamisha zor—biz, millat.
Hama kasbu kamolot etsa hosil ilm-fan birla, Shifirguchi, yamoqchi, xayrchi—ko‘b xor—biz, millat.
Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismig‘a loyiq, Qilib qof-xaltadan ko‘lmak-chopon—beor—biz, millat.
O‘zi bilmas, sani dushman, sani johil bilur, Hijron, Hayotu ruh kerakmas—jismidan bezor—biz, millat.