Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-oktabr

Bilgo (avvalgi nomi — Tayyorman) — o‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul test, kitob va o‘quv platformasi (ilova va bilgo.uz sayti). Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur ma’lumotni yig‘amiz va uni hech kimga sotmaymiz.

Qanday ma’lumot yig‘amiz

  • Hisob ma’lumoti — Telegram orqali kirganingizda: Telegram ID, ism va familiya, Telegram’da ulashgan telefon raqamingiz.
  • Profil — o‘zingiz kiritgan viloyat va tuman, maqsad (masalan, OTMga tayyorlanish), tanlagan fanlaringiz.
  • O‘qish natijalari — yechgan testlaringiz, javoblaringiz, ball va reyting, kunlik seriya.
  • Texnik ma’lumot — bildirishnoma (push) tokeni va eslatma vaqti; ilova o‘rnatilganda yaratiladigan tasodifiy qurilma raqami (savollar paketini himoyalash uchun, shaxsingizni aniqlamaydi).

Kirmasdan (mehmon sifatida) foydalansangiz, natijalar faqat telefoningizda saqlanadi.

Nima uchun ishlatamiz

  • Natijalaringizni saqlash, ball va reytingni hisoblash (reytingda ism qisqa ko‘rinishda chiqadi: «Aliyev V.», xohlasangiz sozlamalardan butunlay yashirasiz).
  • Zaif mavzularni aniqlab, takrorlashni tavsiya qilish.
  • Siz tanlagan vaqtda eslatma yuborish.
  • Firibgarlik va savollar bazasini ko‘chirib olishning oldini olish.

Kimga beriladi

Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi. Ilovada kuzatuvchi reklama tarmoqlari yo‘q. Ilovadagi reklama (masalan, ZUMLA) — oddiy havola, u orqali hech qanday ma’lumot yuborilmaydi. Xizmat ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalanamiz: Vercel (sayt va server), Neon (ma’lumotlar bazasi, Yevropa ittifoqi), Telegram (kirish), Expo / Apple / Google (bildirishnomalar).

Saqlash va o‘chirish

Ma’lumot hisobingiz bor ekan saqlanadi. Hisobni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin: ilovada Kabinet → ⚙️ Sozlamalar → Hisobni o‘chirish. Shunda ism, telefon, natijalar, ball va reyting butunlay o‘chiriladi. Savollarning umumiy anonim statistikasi (masalan, «bu savolni necha foiz to‘g‘ri yechgan») shaxsingizsiz qoladi. Ilovadan foydalana olmasangiz, @bilgo_uz_bot botiga yozing — 30 kun ichida o‘chiramiz.

Bolalar

Xizmat maktab o‘quvchilari uchun ham mo‘ljallangan. 16 yoshdan kichik bo‘lsangiz, ota-onangiz yoki vasiyingiz roziligi bilan foydalaning. Biz bolalardan keraklidan ortiq ma’lumot so‘ramaymiz va uni reklama maqsadida ishlatmaymiz.

Xavfsizlik

Ma’lumot shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali uzatiladi, kirish tokeni telefonning himoyalangan xotirasida saqlanadi.

Aloqa

Savol va murojaatlar uchun: @bilgo_uz_bot. Siyosat o‘zgarsa, shu sahifada yangi sanasi bilan e’lon qilinadi.