Hamd
Sanoyi hamd behad rabbanog‘a, Durudu beadad haq mustafog‘a.
Xudoning rahmati bo‘lsun damodam, Suyar yori aning to‘rt rahnamog‘a.
Abu Bakru Umar, Usmon, Haydar, Hasan birla Husayni Karbalog‘a.
Aning avlodi ashobig‘a rahmat, Yana hobi rasuli mujtabog‘a.
Yog‘ulsin doimo boroni rahmat, Jamii ahli sunnat oshnog‘a.
Iloho, qilmag‘il xotir parishon, Tutundim man bu kun bir ibtidog‘a.
Xayolim lavhi ko‘rsatmakda bir naqsh, Habibning hurmati yetkur baqog‘a.
Nafas tori bilan jon rastasidan Qo‘shay ovoz bir millat sadog‘a.
Kecha-kunduz g‘ami millatda. Hijron, Gado, chun chang urur qimmatbahog‘a.