Topilmas

Sendek manga bir yori jafokor topilmas, Mendek sanga bir zori vafodor topilmas.

Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen, Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag'yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q, G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g'amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.

Bobur seni chun yor dedi, yorlig' etgil, Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.