Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur...
Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.
Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab, Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur.
Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi, Magarki har yarasi yorning davoyedur.
Bahor faslidur-u may havosi boshimda, Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur.
Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning, Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.