Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga...
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.
Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base, Mehr-u vafo raqibg'a, jabr-u jafo manga.
Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong, Chun bo‘ldi ul parisifatim oshno manga.
Oh-u yoshmidin ortadurur za’f, ey tabib, Bildim yarashmas emdi bu ob-u havo manga.
Dardim ko‘rub muolajada zoye etma umr, Kim, jonda dardi ishq durur bedavo manga.
To yor kimni istar-u ko‘ngliga kim yoqar, Tashvish bejihat durur oxir sango, manga.
Bobur, bo‘lub turur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt, Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir mango manga.