AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Cho‘lpon: she’rlar121 / 164

Shamol nimadan paydo bo’ladi

(Ermak-kulgi)

1

Bir shaharda, bir majliska shul shaharning yoshlari, El boshida yuraturg’an rahbarlari, “bosh” lari Yig’ildilar el qayg’usin qayg’ulashmoq o’yida, Qayg’ulashib dardlariga davo topmoq ko’yida. Biri elning bir g’amini aytmakchiydi majlisda, Yana biri davo topib bermakchiydi. Shul kechda Ulus uchun, balki, bir zo’r ishni boshlab yuborub Qolarlardi o’zlariga shonli bir nom qozonib…

2

Dasturxonga keldi har xil meva-cheva, qand, asal, Alichadan, klubnikdan bo’lg’on qiyom, holvaytar. Undan keyin kabob keldi – tovoqlarda gerdayib! Orqasidan yog’liq palov: “men ham keyin qolmay!” – deb… Ahli majlis taomlarga istayini ko’rsatdi, Gullik, go’zal tovoqlarni qaltiratdi, titratdi. Bir tovoqni siz ko’rsangiz: rangi butun o’chuvdi, “Biz ham endi ketamiz”, – deb shirin jondan kechuvdi…

Osh vaqtida shu yoshlarning eng birinchi sardori, Shoirlarning, adiblarning eng mashhuri, nomdori, Bir afandi hech to’xtamay har xil so’zlar so’zladi, So’zlashda, hech shubhasiz, shuhrat yo’lin ko’zladi… U dediki: “Birodarlar, bizda yo’qdir hech narsa, Na hikoya, na-da ro’man, na tiyotr, na sahna! “San’at” degan nafis narsa xalqimizga qorong’u, Na musiqiy, na piano’, na-da raqsa, na “tango”!.. Ko’p taassuf, hech narsa yo’q… yo’q, o’rtoqlar, yaramas! Elning munday qolishiga er vijdoni unamas! Bu ishlarni ishlayturgan faqiringiz – mana men Ulusimni bu qizg’onchli hol ichida qo’ymaymen. Yeng shimarlab ishga kirsam, ko’rasizkim, bir yilda Tanimasliq bir o’zgarish vuqu bo’lib bu elda… Konsertchimizni ko’rganda ashulachi Shalyapin Yamay olmas, garang bo’lur, sinib qolg’on qanotin… Sahnadagi taraqqiyg’a shoshib qolar Qoriyef, Emanskiy, “Arabli” lar, kuldurguchi Valiyev… Ayta bersam tamom bo’lmas, maqtag’onday bo’lmasun “Maqtandi” deb dushmanlarim ermak qilib kulmasun…” “Yo’q, yo’q – dedi bir afandi, – yo’q, yo’q, o’rtoq, yo’q aslo, Maqtanishmas so’zlaringiz, to’g’ri so’zlar… va, illo, Dushman so’zlar so’zlay bersun, suyaksiz til o’zida, Bir chaqalik maza yo’qdur yuz ming og’iz so’zida…”

3

Dasturxonlar yig’ildi-da, oshlar ketdi oradan, So’z so’zlashish adoq bo’ldi endi har xil “qora”dan, Endi navbat keldi har xil ilmiy, fanniy bahslarga, Uyqu keldi, qayg’u cho’kdi… majlisdagi yoshlarga!..

4

Shul vaqtda ko’p soqollik, boshi yo’g’on, pakana, Yum-yumaloq, tishi kemshik, mayda so’zlik, bachkana Bir afandi so’z boshladi yuz o’girib adibga, So’zlarining bittasi ham to’g’ri kelmasdan epga… “Uka” – dedi, – bir so’rog’ bor, shunga javob bersangiz, Shamol nedan bo’lg’onini bizga ta’rif qilsangiz”. Adibimiz o’ylanmoqchi bo’lib boshni qashladi Va dedikim: “Yer kurrasi to’xtamasdan aylanar, Aylanishga kecha-kunduz oy-u yillar bog’lanar. Yer kurramiz, shunday qilib, aylanadir, yuradir, Shul aylanish, yurishlikdan shamol paydo bo’ladir!..” Ahli majlis “to’g’ri topdi” adibbekning so’zini, “To’g’ri aytgan” adibbek ham pilanglatdi ko’zini… “Shamol nedan bo’ladir?” – deb so’rasangiz agar siz, Ul majlisning har fardidan darhol javob olursiz. Ul degaykim: “Yer kurramiz to’xtamasdan yuradir, Shul yurushlik quvvatidan shamol paydo bo’ladir…”

5

Shundan keyin ilmiy bahslar kerak bo’lmay qoldilar, Ziyolilar uyga qarab yo’llarini oldilar…

Qalandar.

1919. avgust.

← Oldingi bobKeyingi bob →