Shu kunda
Istagingga yetar ekan, qanotlaring sindimi,
Ey ko‘nglimning bulbuli?
Senga qarshi kulib turgan go‘zal chechak tindimi,
Tashladimi bir yo‘li?
Havo yorgan ko‘kragingni sevgi yeli tildimi,
Qon to‘lami har tomon?
Ko‘zlaringga ayriliqning iplarini ildimi –
Shu qilig‘i ko‘p yomon…
Yo erkinlab hidlagali bermaylarmi gulingni,
To‘salarmi yo‘lingni?
Gul o‘zimi ko‘zlaridan ko‘zlarini qochirdi,
Yo‘qliklarga yashirdi?
Shu yulingan parlaring-la ucholmassan, yo‘qsil qush, U umidlar havosidan endi bir oz tuban tush!..
Toshkent. 1922, 2–mart