Bas endi
Yetar, bas, chekdan oshgandir Bu qarg‘ish, bu haqoratlar! To‘liqdir, balki toshgandir Tubanlik ham safolatlar!
Qo‘limda so‘nggi tosh qoldi, Ko‘ngilda so‘nggi intilmoq. Ko‘zimda so‘nggi yosh qoldi, Kuchimda so‘nggi talpinmoq!
Bu qarg‘ish, bu haqoratlar Kuchimni tortmoq istaylar. Tubanlik ham safolatlar O‘zimni yutmoq istaylar!
Ko‘ngilda so‘nggi intilmoq, Shu holda ketmoq istayman. Kuchimda so‘nggi talpinmoq, Amalga yetmoq istayman!
Qo‘limda so‘nggi tosh qoldi, Yovimga otmoq istayman! Ko‘zimda so‘nggi yosh qoldi, Amalga yetmoq istayman!..
Toshkent. 1923, fevral