Tortishuv tongi
Yenggan qo’shin boshlig’idek gerdayib Botgan quyosh bulutlarning ostidan Bosh ko’tarib chiqmoq uchun tirisha. Shuning uchun beri yoqda irjayib Kulishurlar. Unga qarshi, qarshidan Yig’lov, siqtov, tovush, g’avg’o, xarxasha.
Suyuningiz: ko’pdan beri zindonda Quyosh ko’rmay, zaxlab qolgan ko’ngillar. Chiqar kunlar yetdi sizga undan-da, Munda yechib yuborilgan tugunlar.
Qayg’uringiz: Kishanlarni yasovchi ustalar. Boshqalarni tubanlar deb atovchi xo’jalar, Sizning uchun yoz boshining qoridek Eruv kunlar keladir, Sizning uchun alvastining zoridek yig’lar kunlar keladir… Chiqadirgan quyoshni siz behuda Etak bilan to’smoq uchun tirishmang, Ahmoq bo’lib Azroilning oldida Jon talashing, to o’lguncha berishmang.
Toshkent, 1920 yil, Oktyabr.