Vijdon erki

Ay tutqinlar, ay ezilgan, Ay qiynalgan, yo‘qsil ellar, Ay umidsiz, ay chizilgan Dor oldiga... oppoq dillar!

Ay bevalar, bechoralar, Ay bog‘langan kishanlarga. Ay erk uchun ovoralar, Ko‘p yalinmang siz ularga!

Bo‘rilardan omon kutmak Tentaklarning ishidir ul. Har mone’ni hatlab o‘tmak — Turmushda eng to‘g‘ri bir yo‘l!

Zulm oldida har bir narsa, Ehtimolki bo‘yin egar. Agar zulm avjga kelsa, Ko‘k boshida yerga tegar.

Hayvonlarga, insonlarga Zolim ega bo‘lmay qolmas. Faqat erkin vijdonlarga Ega bo‘lmoq — mumkin emas!

Samarqand, 1922, 9–iyun