Bezgak qo‘ynida

Uch kun bo‘ldi, suv kelmas, Ariqlardan «g‘uv» kelmas, Shamollardan «huv» kelmas Chanqaganimda…

Nega kuldim – bilmadim. Xursand bo‘ldim – bilmadim. Yoshga to‘ldim – bilmadim O‘ynaganimda…

Suv kerakmas, yor kerak, Yor emas, diyor kerak, Diyorga fanor kerak Uyg‘oq chog‘imda…

Fanor topib yoqayin, Qanotimni taqayin, Diyor ichra oqayin Sog‘alganimda!..

Andijon. 1925, 17–mart