Bir tutam sochlaring...
Bir tutam sochlaring mening qo‘limda, G’ijimlab o‘paymi, yo tarab-echay, Sir deb saqlaganing mening qo‘ynimda, Sir deb saqlayinmi, yo yelga sochay.
Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? O’zing-ku «ularda vafo yo‘q!» deding, Nimaga ularni tag‘in kutasan?
Ochilgan qo‘ynimda to‘lg‘angan taning Ko‘ngildan qilcha ham hid yetkazmasa, Menga yaqinlashma, ay, tirik bo‘sa! «Sevdim» deganlaring yolg‘ondir sening!.
1925