Chimmat qo’shug’i
(“Oʼzgancha”ga)
-Chimmatimni koʼtarib koʼrdi xushtorim, Dedim: «Tiriklikda shudir mozorim!»
Chimmatimning qillari yuzimga botar, Bu qafaslar ichida qachon tong otar?
Chimmatimni tashlasam, hech kim olmaydi, Ota-onam holimga nazar solmaydi.
«Chimmat» , «chashvon» degani hammasi bir gap, Koʼp chiroylik koʼzlarning yoshiga sabab…
Chimmat tekkan yuzlarim soʼlib boradi, Koʼnguldagi umidlarim oʼlib boradi…
Chimmatimni irgʼitay, ushla, xushtorim! -Paranjini qoʼshib tashla, ozodsan, yorim!
1927 yil, fevral