Go'zal Turkiston
Goʻzal Turkiston, senga ne boʻldi? Sahar vaqtida gullaring soʻldi. Chamanlar barbod, qushlar ham faryod, Hammasi mahzun. Boʻlmas mi dilshod? Bilmam nechun qushlar uchmas bogʻchalaringda?
Birligimizning tebranmas togʻi, Umidimizning soʻnmas chirogʻi. Birlash, ey xalqim, kelgandir chogʻi, Bezansin endi Turkiston bogʻi. Qoʻzgʻal, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar!
Ol bayrogʻingni, qalbing uygʻonsin, Qullik, asorat - barchasi yonsin. Qur yangi davlat, yovlar oʻrtansin. Oʻsib Turkiston, qadding koʻtarsin, Yayrab, yashnab oʻz Vataning gul Bogʻlarida
1922 yil.