G‘aflat

«… Biz olam kitobini yanglish o‘qiymiz-da, «U bizni aldaydir», – deymiz».

R.Tagor

Tonglarning sirlari to‘rni keng yoyganda Biz g‘ofil, uyquning qa’rida qolamiz. To‘lgan oy ko‘klarda suzilib borganda Biz qo‘pol, to‘nglikning qahrida qolamiz.

Yolg‘onlar, aldashlar boshlangan damlarda Uyqumiz ochilib, borliqqa chiqamiz. Bir zamon qilichlar hech turmas qinlarda… Shul zamon biz hatto ko‘klarda uchamiz!

Derlarki: «Oylarning nurida vafo yo‘q!» Demaslar ularki: «Ayb bizda, biz buzuq!»

Andijon. 1923, 23–sentyabr