O’n yil
Keling, keling, ildam bosing, yuring o’rtoqlar, Titrab tursin oyog’imiz ostida tog’lar! Bu kun bayram – ko’chalarga odam sig’maydi, Millionlarning qo’llarida qizil bayroqlar!..
O’n yil bo’ldi, zanjirlarni uzib tashladik, Ozod elda yorqin turmush tuza boshladik. Egalarni, xo’jalarni yerlarga urib, Qullar dunyosini butun «arqadash»ladik!
O’n yil bo’ldi «Oktyabr!» deb na’ra chekildi! Tor burchaklar, zax uylardan «labbay» deyildi, Ma’danlarni yanchib kelgan millionlab qo’llar Birdan to’plar, pulemyotlar sari yog’ildi.
Bu kun bayram! Ozod o’lka o’ynab kuladi, Bu kun bayram! Qizil bayroq so’ylab turadi, Bu kun bayram! Butun dunyo mehnatkashlari Umid bilan yuzlarini bizga buradi!
1927 yil.