Tulki va niqob

Tulki bir aktyorning uyiga kirib, uning kiyim-kechaklari orasida titkilab yurdi. Birdan u ajoyib bir niqobni topib oldi. Niqob shunday mohirlik bilan yasalgan ediki, xuddi tirik odamning yuziga o‘xshardi.

Tulki uni panjalari bilan aylantirib ko‘rib, dedi:

— Qanday chiroyli bosh! Ammo afsus, ichida miyasi yo‘q.

Hikmat: Tashqi ko‘rinishi go‘zal, ammo ichi bo‘m-bo‘sh odamlar ko‘p.