Quyonlar va qurbaqalar
Quyonlar hammadan qo‘rqib yashashardi: ovchidan, itdan, burgutdan, hatto barg shitirlashidan ham. Bir kuni ular yig‘ilib, shunday qarorga kelishdi:
— Doimiy qo‘rquvda yashagandan ko‘ra, ko‘lga tashlanib, bir yo‘la o‘lganimiz yaxshi.
Ular ko‘l tomon yugurib ketishdi. Ko‘l bo‘yida o‘tirgan qurbaqalar quyonlarning tuyog‘i dupurini eshitib, qo‘rqib ketishdi va shoshib suvga sho‘ng‘ishdi.
Buni ko‘rgan eng keksa quyon to‘xtab, boshqalarga dedi:
— To‘xtanglar, do‘stlar! O‘zimizni o‘ldirishning hojati yo‘q. Qaranglar, bizdan ham qo‘rqadigan jonivorlar bor ekan.
Hikmat: Qanchalik qiyin bo‘lmasin, sendan ham og‘irroq ahvoldagilar bor.