Mushuk va sichqonlar

Bir uyda sichqonlar ko‘payib ketdi. Buni bilgan mushuk u yerga kelib, ularni birin-ketin tuta boshladi. Sichqonlar xavfni sezib, inlaridan chiqmay qo‘yishdi.

Shunda mushuk hiyla o‘ylab topdi: u devordagi qoziqqa orqa oyoqlari bilan osilib, o‘zini o‘lik qilib ko‘rsatdi.

Bir sichqon inidan boshini chiqarib, uni ko‘rdi va dedi:

— Hoy, do‘stim! Hatto teringni somon bilan to‘ldirib qo‘ysang ham, sening yoningga yaqin kelmaymiz.

Hikmat: Bir marta aldangan dono odam ikkinchi marta o‘sha tuzoqqa tushmaydi.