Behbudiyning sagʻanasin izladim
Choʻkmishdi er uzra olam toʻsugʻi, Oʻksuzlik boyqushi qanot qoqardi. Botuvda qizarib turgʻan bulutdan Ezilgʻan koʻnglima motam yogʻardi. Haqsizliq shahrining qon hidli eli Armonim gulidan bir yaproq uzub, Bahorsiz choʻllarga sovurib qoʻydi. Ul nozli yaprogʻim soʻlib, sargʻayib, Yoʻqsul qolgʻanlarday har yon yugurdi. Zolimlar, mazlumlar, zulumlarning-da, Qaygʻular, alamlar, oʻlumlarning-da Bariga uchradi, barchasin koʻrdi, Oʻz yoʻqotqonin izladi, soʻrdi. Bir darak topmagʻach, birdan bir tikildi. Bor kuchin toʻpladi. Zolimning taxtini titratgan bir tovush Qichqirdi: – Otamning qabrini qay yerga yoshurding?! Bot soʻyla!… Kirli toj koʻb qoʻrqdi botur tovshidan, Seskanib, titrab… yoshrundi Bir javob bermasdan.