Mav’iza (2)
Emdiki bozor erur garmu tez, Sudu ziyonida bo‘l, ey subhxez.
Kom bila tobsang dog‘i bozorni, Bir yo‘li kuydurma xaridorni.
Xojaki ortuqsi tama’ qildi sud, Moyasidin yuvgay ilik zud-zud.
Ey kim ulustin yoshurursen hisob, Muhtasib urtukli qilur ehtisob.
Harnakim o‘ksutsang olur chog‘da tarx, Arz kuni borchani tengshar bu charx.
G‘ayb miyonchisi chu hozir turur, Barcha tafovutqa avaz tekurur.
Ulki berur mevaga bu ta’mu rang, Ko‘rmasu bilmasmu tarozuda sang?
Ulki berur ko‘zga bu nash’u namo, Ko‘zchiga bilmasmu nedur muddao.
O‘rtadadur kif nuql kifi, Qalbni kimdin yoshurur sayrafi.
Arpa ekib, bug‘doy ururman tegan, Ko‘rmaduk oshlug‘ichini bug‘doy yegan.
Tuz bo‘libon tilni tuzuklukda och, Tushsa dag‘i tesha yemas tuz yig‘och.
Odamig‘a yaxshi qiliqtur bihisht, Etti tamug‘din batar ul xo‘i zisht.
Sud ko‘rub qilma ziyoning unut, Sudni savdoda ziyon birla tut.
Xayr etagina uzun tut qo‘lung, Mo‘ru malahdin ayama sorqutung.
Jomda sharbat nechakim bo‘lsa kam, Erga to‘kar jur’ani sohib karam.
Har necha toroji xazon ko‘rsa raz, Erga to‘kar atlasu iksuni xaz.
Xushtur eronlarga karam davlati, Ulsa dog‘i o‘lmas emish himmati.