Mav’iza (3)

Ulki saxovottin urur bo‘lsa dam, Ko‘rguzur erlikda saboti qadam.

Jumlai mazhabda saxiydur Vali, Barcha saxiylarning imomi Ali.

Tengri azaldin beri ochmish bu xon, Unga yuzu yuzga mingu birga o‘n.

Kimki bir eksa, o‘zi ming topar, Barcha maoyibni saxovat yopar.

Buxl aziz odamini xor etar, El ko‘zida it kibi murdor etar.

Ulki tilar xayr uchun dastgoh, Sen ani bilgilkim emas xayrixoh.

Emdiki kechmas qaro puldin ko‘ngul, Ganj tog‘i tobsa sen apdin to‘ngul.

Boy degul sen diraming bor esa, Faqir g‘anidur karaming bor esa.

Muflisi ozoda g‘animoya bo‘l, Yo‘qki yilonlar (ni) yig‘nab doya bo‘l

Yarim ayoq oshki toparsan nasib, Yarmini berki yesun bir g‘arib.

Me’da tamug‘ikim erur dushmaning, To‘ymag‘usidur agar ichsa qoning.

Har nimaki tong tilaki yurt uchun, O‘zdin o‘g‘urlab o‘zungga bergu un.

Sarf qil ortuqini sarrof esang, Dardin daf’ ayla agar sof esang.

Chun qaro tufroqdin erur noguzir, Tanga ne atlas, ne katon, ne harir.

Har necha tun bo‘lsa to‘ra o‘pranur, Upramag‘an xulqu karam to‘nidur.

Ulki bu xil’atqa sazovor erur, Talab kishi Haydari karror erur.

Odam atong‘onga muruvvat kerak, Orifuomi(g‘a) futuvvat kerak.

Sarvtek ozoda bo‘lu rostkor, Yo o‘riku olma bikin mevador.

Naf’ tekur barchag‘a yomg‘ur bikin, Yo tengiz o‘rtasida jo‘mdur bikin.

Bordiru bermas, ne yedurur, ne yer. O‘zi bila go‘rgamu eltur, ne der?

Erdi Sulaymon bu ulus sultoni, Budur ulus, so‘rki Sulaymon qoni?

Yig‘di Faridun hashamu molu ganj, Neni olib bordi bajuz dardu ranj.

Gar o‘zin onglatmasa bu xonaso‘z, Ertagilar demagay erdi bo‘g‘uz.

Xor qilur erni bo‘g‘uzung g‘ami, Shum bo‘g‘uzin bo‘g‘sa, uzor odami.

Charxki, qon birla tilar gardishin, Qo‘ymag‘ay el ko‘ngli uchun o‘z ishin.

Gardu g‘uboriki sochar yer yuzi, Bir qarosochning yuzidur yo ko‘zi.

Sunbuli tarkim sochar, ul mushki nob, Toki ne soch rangidin oldi xizob.

Ko‘rdi qaro yerda sanamlar yuzin, Nargis o‘shal surmadin ochti ko‘zin.

Kimki nechuk yig‘di aningdek qo‘yar, Ortiq usurgan qusar, itlar to‘yar.

Olmoqu bermak bila xushtur jahon, Olg‘inu berginki, budur quti jon.