Janub kechasida

Sen bo'lmasang, shu och to'lqinlar Ko'rinmasdi sira ko'zimga, Sen bo'lmasang o'zimning ko'nglim Kirmas edi aytgan so'zimga.

Sen bo'lmasang, etmasdi xursand Suv ustida suzib yurgan oy. Hamisha sho'x, doimo baland, Yulduzdagi jon yoqar chiroy.

Qarashlaring tinchimni olib, Chertib ketdi qalbim torini, Shundan keyin sezdim yurakda Shuncha kuchli o'tning borini.

Aytib ber-chi, shuncha sevganlar Bo'lganmikin mencha baxtiyore Aytib ber-chi, qaysi qiz burun Sevib bo'lgan umid bilan yor

1936 yil.