Turkiston muxtoriyatina

To‘rt yuz yillik Romanov bitgach davlati, Ko‘tarildi asorat, xo‘rlik zillati, Nasib o‘ldi millata qaytib shavkati, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Xor uchun: Yashasun endi birlashib islom millati, Bugun qaysi bir ko‘ngil dilshod o‘lmasun, Bugun qaysi bir mironsholar obod o‘lmasun, G‘ofil qolmang, bul fursat barbod o‘lmasun, Qutlug‘ bo‘lsun Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub, islom millati! Bugun (Chingiz, Temurdek) shohlar arvohi, Dunyo yuzin titratgan askar silohi Qichqirub der: Turk o‘g‘li! O‘lmang siz sohi! Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub, islom millati! Qichqirub der: (qurbonlar) Ulug‘ Turkiston! Unutmangiz qonmamiz, boqing qabriston, Birlashingiz, arab, turk… Kobil, Hindiston, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub islom millati! (Ahmad) ruhi qichqirub der: hoy ummatim! Bukunda ham xo‘r qolsa, din, millatim, Haq shohiddir, kerakmas sizdek ummatim, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub, islom millati! G‘oyibdan kelsa nidolar, Iso muslimin, Mahrum qolmang, rahmati tangridir yaqin, Tordur bundan so‘ng siza bu ro‘yi zamin, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub islom millati! Keling endi birlashing, islom millati, Ketsin sunniy, shialik, nifoq illati, Bir sanjoqqa to‘plansin islom davlati, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun emdi birlashub, islom millati! Keldi muborak bizga yangi bir zamon, Yangi davr kechurmak endi filamon, Yod etmakka ismimiz tarixi jahon, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati!

Yashasun endi birlashub islom millati! Kutlug‘ bo‘lsin ey yoshlar to‘kub qoningiz, Bergan qurboningizga olgan shoningiz, Mangu qoldi dunyoda xush unvoningiz, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashib islom millati! Yashasun bu turk o‘g‘liniig mangu davlati!

Hamza Hakimzoda

«Ulug‘ Turkiston», 1918, 11 yanvar