Ey ko‘ngil

Ey ko‘ngil istar esang zulmat qulubingga chirog‘, Ahli donish suhbatidan bo‘lmagil hargiz yirog‘.

Quvvati bozu bila behuda urma na’ralar, Mardi maydon gar esang nafsingni o‘ldur beyarog‘.

Asli toat shul: o‘zingdan o‘zgapi xushnud qil, Muttaqimai deb kishilar bagriga solma tarog‘.

Matlabiig rahmat esl xulqu adabda qoin ul, To iki dunyoda topgil davlati fazlu farog‘.

Yo‘q jahonda hech kas ozor alamdan chekmagan, Bu Nihon, yorab, petar mahsharda bo‘lganda so‘rog‘.

1913 yil.