Olmos konlari

Rassell Konuell

Muallifdan

Do‘stlar! Bu ma’ruzani men quyidagicha o‘qib kelganman: biror shahar yoki qishloqqa boraman va imkon qadar ertaroq yetib kelishga harakat qilaman, toki pochta boshlig‘ini, sartaroshni, mehmonxona egasini, maktab direktorini, ibodatxonalarning ruhoniylarini ko‘ray, keyin fabrika va do‘konlarga kirib, odamlar bilan gaplashay. Shu yerning sharoitini his qilishga, bu shaharning tarixi qanday bo‘lgani, qanday imkoniyatlari bo‘lgani va nimani qila olmagani — har bir shahar albatta nimanidir qila olmagan bo‘ladi — bilib olishga intilaman. So‘ng ma’ruzaga chiqib, aynan o‘sha joyga tegishli mavzularda gapiraman. «Olmos konlari»ning g‘oyasi esa hamisha bir xil bo‘lib qolgan. G‘oya shuki: bizning bu yurtimizda har bir inson o‘z muhitida, o‘z mahorati, o‘z g‘ayrati va o‘z do‘stlari bilan hozirgidan ko‘ra ko‘proq narsaga erishish imkoniga ega.

Rassell Konuell