Bu ko’ngul

Meni shaydo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul, Xor-u rasvo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun Muttasil yo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Meni yozg’urma «sevar» debki mening haddim emas, Ul tamanno qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam, netayin, Ko’p taqozo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Tori mo’yin havasi birla qorong’u kechada Jonni savdo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Dushman-u do’st orasinda meni g’ofilni (mudom), Besar-u po qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

O’zgadin ko’rmaki ko’zung yoshini, ey Lutfiy, Ayni daryo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul.