Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur...

Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur, Jonlar oladur, vah, ne balo ko’zi qarodur?

Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi, Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur?

Hamdardtur aytay anga holimkim, inong’ay, Gulshandin o’shul bulbuli miskin, ki judodur.

“Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim, Xush-xush kulub aytur mangakim: ”Yaxshi bahodur!”

Ko’p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat, Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur.