Har kishini dardi bo’lsa

Har kishini dardi bo’lsa, yig’lasun yor oldida, Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg’on bila Doimo yig’lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur, Charx urub, yig’lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur’ae no’sh aylasa bu bodadin, Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab, qilmag’il sirringni zohidga ayon, Aytib-aytib yig’lagaysan oshiqi zor oldida.