Ishqingda o’ldum

Shohi jahonim, ishqingda o’ldum, Oromi jonim, ishqingda o’ldum.

Kimdin o’rganding muncha jafoni, Ey nuktadonim, ishqingda o’ldum.

To qoba qavsayn sharhi qoshingdir, Abro’ kamonim, ishqingda o’ldum.

Qaqnusga o’xshab nola qilurman, O’rtandi jonim, ishqingda o’ldum.

Bir rahm qilg’il, holimni so’rg’il, Nomehribonim, ishqingda o’ddum.

Yorim sanga man chokar bo’loyin, Sohibqironim, ishqingda o’ldum.

Mashrabga bir boq, jon dabg’a yetti, Ruhi ravonim, ishqingda o’ldum.