O’zginam

Ishq o’tiga o’rtanib devona bo’lgan o’zginam, Kuya-kuya kul bo’lub biryona bo’lgan o’zginam.

Oshiqi diydorman, ey yor, bilmassan magar, Mansuri Xallojdek dorga osilgan o’zginam.

Kuya-kuya kul bo’lub dunyodin o’tkan bormukin, Ishq yo’lida ming o’lub, ming bor tirilgan o’zginam.

Chok siynamni qilib mahsharda aylarman fig’on, Ul kuni diydor deb mahsharni buzgan o’zginam.

Ul sirot al-mustaqim oldida barcha yig’lashur, Ishqni rahbar qilibon andin o’tkan o’zginam.