Tushti savdoyi muhabbat boshima

Tushti savdoyi muhabbat boshima, Or etar mardum kelurg’a qoshima.

Vah, muhabbat ko’yida qon yig’ladim, Yeti iqlim g’arq bo’ldi yoshima.

Sajda aylar zohid ul mehrobig’a, Men qilurman sajda egma qoshima.

Qil hazar, albatta, jonon, qahrdin, Uzru zorim senga – bag’ri toshima.

Muhtasib to’kturdi soqiy bodasin, Yetmadi aqli aning sirdoshima.

Kunda yuz ming jabr qilsang, o’rgulay, Qo’y qarab g’am toshina bardoshima.

Mashrabi devonaman hayron qilib, Ne sababdin kelmading bir qoshima.