Yuzi mohi tobon qiz

Kokulung anbar durur, jon ichida jonon qiz, Ko’zlaring axtar durur, yuzi mohi tobon qiz.

Lablaring erur la’ldek, yuzlaring qizil guldek, Barcha sengakim quldek, xizmatingga qurbon, qiz.

Tar orazing gul, soching sunbulki,tishlaring dur, Sarv qadlig’, qosh ko’rung oftobi davron qiz.

Bir ko’rib seni, zolim, qolmadi mening holim, Tang bo’lubdur ahvolim, bilmadingmu, nodon qiz?

Oy yuzingni ko’rganda, lablaringni so’rganda, Mashrabing bo’lur banda, qilsang ani mehmon qiz.