Qosh qoqtivu ketti

Nogoh ko’runub ko’chada ul sarvi xiromon, — Qosh qoqtivu ketti, Qosh uchida imo qilibon jubbasi larzon, — Bir boqtivu ketti.

Ul sho’xi pari, ko’zlari ofat, so’zi otash, — Hay-hay, ne javohir, Bir sheva qilib etti mani o’ziga hayron, — Xush yoqtivu ketti.

Yuz jilva bilan borur eli ko’chada ul sho’x, — Bag’rimni qilib qon, Ming ta’zim ilan man qolibon volavu hayron, — Zor ettivu ketti.

Ul zulfi parishon uyidin chiqsa boyakbor, — Man shukr etadurman. Ming jonim agar bo’lsa, qilay man anga qurbon, — O’t yoqtivu ketti.

Mashrabni bu dunyoda xarob etgan o’zungsan, — Ey ko’zlari shahlo, Aydi so’zini, yoydi bu dunyoga farovon, — Dol ettivu ketti.