Zulm ila qahru g‘azab izhor qilmoq shunchalar...
Zulm ila qahru g‘azab izhor qilmoq shunchalar, Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.
Gul debon sevgon kishining ko‘kragiga nish urib, Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar.
To‘tiyi shirinsuxan ag‘yorlarning bazmida, Bizga kelganda gapirmay, zor qilmoq shunchalar.
Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob, Qo‘rqutib o‘y aybiga iqror qilmoq shunchalar.
Garchi kelsa, eski to‘n, bizdek duogo‘yi faqir, Kambag‘alning xirqasidan or qilmoq shunchalar.
Har balo-yu, jabr kelsa, yonmagay hargiz, Muqim, Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar.