Mening firoqim-u...

Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong, Bu nav dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong.

G'arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga, Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bila tong.

Tongim yorug'-u tunum tiyradurki, chirmashdur Ko‘ngul aro zulfing xayoli tun bila tong.

Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar, Ki, bo‘ldi zulf-u yuzung poymoli tun bila tong.

Tunning xujasta, tonging qultug' o‘lsun, ey mahvash Ki, ikki banda sanga bo‘ldi holi tun bila tong.

Biravki, tong-u tunin boda birla o‘tkargay, Yaqinki, bo‘lmag'ay aning mololi tun bila tong.

Navoiy etmadi zulf-u yuzung visolin kashf, Valek erur g'amining ittisoli tun bilan tong.