17-hadis. Qasam barakani o‘chiradi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: „Qasam molni o‘tkazib yuboradi, ammo barakani o‘chiradi“».

Manba: Buxoriy va Muslim rivoyati (muttafaqun alayh).

«Xudo haqqi, o‘zimga shunga tushgan» — bozorda ko‘p eshitiladigan gap. Qasam mahsulotni tezroq sotib yuborishi mumkin, lekin topilgan pulning barakasini oladi.

Yaxshi mahsulot qasamga muhtoj emas. Sifat, rost so‘z va to‘g‘ri narx — eng ishonchli kafolat.