19. Hazrati Ilyos alayhissalom
Sulaymon alayhissalomdin so‘ng Bani Isroil ikki sinfga bo‘lunub, biri Yahudoyi, Yusha’ alayhisssalomdyn so‘ng Ishmuil alayhissalom payg‘ambar bo‘ldilar. Bularni «hukkomi Bani Isroil» deyilur.
Bayt ul-muqaddas Qur’oni karimda «Masjid al-Aqso» deb zikr kiling‘an muborak uyning ismidur.
Ikkinchisi Isroiliy o‘lub, to‘g‘ri yo‘ldin chikub, Ba’l ismli sanamga cho‘kunmaqda edilar. Haq taolo bularga Ilyos alayhissalomni payg‘ambar qilub yubordi.
Ilyos alayhissalom qavmlariga nasihat qilub, mo‘‘jiza ko‘rsatub, imonga chaqirdilar. Qavmlari inonmasdin, izo va jafolar qildilar. Nochor Ilyos alayhissalom ichlaridin chiqub, bir tog‘da tanho turdilar.
Janobi Haq mamlakatlarindin barakatni ko‘tardi, qahatlik bo‘ldi. Qavmlari Ilyos alayhissalomni izlab topub tavba qildilar. Ilyos alayhissalom duo qildilar. Alloh baloni ko‘tardi. Qavmlari yana kofir bo‘ldilar. Ilyos alayhissalom qavmlarining imonindin umid uzub, takror chiqub ketdilar.