5. Nuh alayhissalom
Idris alayhissalomdin so‘ng Odam bolalari arosinda to‘g‘ri yo‘ldin chiqub, butlarga cho‘qunmak kabi yamon ishlar ko‘paydi. Janobi Haq alarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmak uchun Nuh alayhissalomni payg‘ambar qilub yubordi.
Hazrati Nuh qavmlarini imonga chaqirdilar. Faqat uch o‘g‘ullari ila sakson kishi imon kelturdi. Boshqalariga nasihat qilsalar, izo va jafo qildilar. Alarni imonlarindin umid uzub, jafolariga sabr qilolmay, duoibad qildilar. Duolari qabul bo‘lub, Alloh tarafindin «Kema yasa!» — deb vahiy keldi.
Nuh alayhissalom kemani bir xoli yerda tayyor qilg‘anlarindin so‘ng to‘fon alomatlari paydo bo‘ldi. Hazrati Nuh mo‘‘minlarni olub ham har xil hayvonlardin bir juftdin solub, kemaga tushdilar. Yom ismli o‘g‘illari «man tog‘ga chiqub qutulurman», — deb turgan zamonda bir to‘lqin kelub halok qildi! Butun yer yuzi suv birla to‘ldi. Suv baland tog‘lardin ham oshub, yer yuzindagi barcha insonlar va hayvonlar halok bo‘ldilar.
To‘fon olti oy davom etub, so‘ngra suvlar kamaydi. Nuh alayhissalomni kemalari Eronistonda Qorabog‘ degan yerda Judi ismli tog‘da to‘xtadi. Kemada uch o‘g‘illarindin boshqa insonlar halok bo‘ldilar. Hozirgi insonlar Hazrati Nuhning bu uch o‘g‘illarindin tarqaldi. Hom ismli o‘g‘illarindin habash va zanjilar, Som ismli o‘g‘illarindin arab, fors va rum qavmlari, Yofas ismli o‘g‘illaridin turk, totor, mo‘g‘ul xalqlari tarqaldi. Shuning uchun Nuh alayhissalomni «Ikkinchi Odam» deyilur. Nuh alayhissalom ming yilcha umr ko‘rub, to‘fonning uch yuz elliginchi yilida vafot bo‘ldilar.