Yana She’rimga

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan, Boqqa kirsang, gullar sharmanda. Bir men emas, hayot shaxsisan, Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi - naqshisan, Qilolmayman seni hech kanda! O’t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda? Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da, Geyne bilan o‘rtoq tutindim. Lermontovdan ko‘mak o‘tindim. Butun umrim sening bag'ringda.

Saharda qon tupursam, mayli. Men - Majnunman, she’rim, sen – Layli!