Bog'im

O, u qanday fusnkor! Nur bilan to'lgan butun. Gullari chaman-chaman, Men ularni ichaman: Ko'nglimda yashnar bahor... Nur bilan to'lgan butun.

Bargdek uzilib ketsam, Unutmas meni bog'im: Ishimni hurmat qilur, Gullardan haykal qurur. Ming yillardan keyin ham Unutmas meni bog'im!

She'rlarim yangrab qolur - Bir umrga o'lmayman! Hayotimning davomi - Kelajagimga homiy, O'rnimga bog'bon bo'lur - Bir umrga o'lmayman!

O, u qanday davomdor! Nur bilan to'lgan butun. Gullari chaman-chaman, Men ularni ichaman: Ko'nglimda yashnar bahor... Nur bilan to'lgan butun.