Cho‘lpon: she’rlar
Abdulhamid Cho‘lpon
Oʻzbegim
Soʻlqildab kelasan, oʻzbegim, Maʼrifat otiga otlanib, Bir miri topgan boladay - Ogʻzingni irjayib…. suyunib Dunyoda hamma xalq qiziqqan - Gavhardek bebaho ot edi. Hurriyat boʻlganda sen kelding, Minayin semirgan otga deb, Ogʻzingga „mallalar“ bir tepdi, „Maʼrifat haromdur sartga“, deb… Ogʻzingdan qon keldi, yigʻlading, Koʻzingdan zaharli yosh keldi. Koʻraman, oxirda minibsan, Charchagan boʻlsa-da, otingga. Tangriga shukr qil, yura ber, Koʻz solib, oʻngingga, chapingga! Tez tuzat, oh… mana bir xatong: Otingni chopasan shaharda. Qishloqda faqirlar kutadur - Kechada, kunduzda, saharda! Bilgilkim, hayoting, tomiring, Oʻzbegim, kambagʻal qishloqda. Qishloqda chopasan otingni, Chopishing behuda toshloqda.
1919-yil.