Qadoqchi qo’shug’i

(«Hujum» pyesasida qashqarlik qadoqchi kuylaydi. «Ushaldi xummorim» kuyiga)

Havolarda quloch otib kelgan turnalar, Bizning Qashqar ellarindan yo‘qmi bir xabar?

Bizning ellar dovonlarning ketida qoldi, Zolim falak boshimizga ayriliq soldi…

Olis yo‘llarga qarab telmirgan yorim, Bu yil qaytay desam, naylay, yetmas madorim!

Havolarda qatorlashib uchgan turnalar, Omonda bormi elda qolgan ota-onalar?..

1927-yil