Qalandar Ishqi
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku, Asrlik tosh yanglig' bu xatarli yo'lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir, Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo do'stlar, Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim, Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim,topmayin yorni, Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.
Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Boku, 1920