Qish kechalari

(Bolalar uchun)

Bolalarim, sizlarga Ko’p yaxshidur qishqi tun. Erinibgina yotasiz Tancha issig’, cho’g’ qizg’in!

Gohi-gohi chiqib tanchadan Quvalashib o’ynaysiz. Esga tushgan o’yinning Hech birini qo’ymaysiz.

Shovqun qilib, baqirib, Chaqirasiz, changlaysiz. Eng so’ng: yotib kampirning Cho’pchagini tinglaysiz!

Tashqarida: qor – bo’ron, Zahar to’kar qora qish. Undan qo’rqub to’qtalmas, Sizda o’ynash va kulish.

Ammo bu xil sevinchlar, Hammada ham bo’lmaydur. Hammaning ham bolasi Qishda o’ynab kulmaydur.

Yer yuzida juda ko’p Yo’qsul, yetim bolalar. Bechoralar nong’a ham Yaxshig’ina to’ymaylar.

Ba’zilarning yosh choqda Onalari o’lgandur. Shundoq qilib yoshliqdan, Gul yuzlari so’lg’andur.

Ular uchun na tancha, Na o’tun bor va na cho’g’. Na cho’pchaklar aytgali, Na sevgali kishi yo’q…

Shundoqlarni ko’rsangiz, Ko’ngillarin ko’taring. Yo “aka”, yo “uka” deb, Birga turung, bir yurung!..

Asli ruschadan.

Chorjo’y, 1922 yil, 29 fevral.