Qoʻshuq
(„Xush keldingiz Xorazmga“ kuyiga)
Buzib eski turmushlarni, Bajardingiz zoʻr ishlarni; Ado qiling yumushlarni, Hormang endi, kolxozchilar!
Oq oltinlar rivojlandi, Koʻp ishlagan, koʻp qozondi, Mehnat dushmanlari yondi, Hormang endi, kolxozchilar!
Intizomni joylang safga, Gʻayrat solib har tarafga – Erishdingiz zoʻr sharafga, Hormang endi, kolxozchilar!
Qoʻlga olib tuproq-konni, Aziz koʻrib ishlaganni – Bajardingiz zoʻr planni; Hormang endi, kolxozchilar!
Firqa sizning rahbaringiz, Buzulmaydi saflaringiz, Sharaf toʻla daftaringiz, Hormang endi, kolxozchilar!
1933-yil.