Qo‘zg‘alish
Ey sen – meni haqir ko‘rgan, tuban degan afandi! Ey ustimda bir umrga xo‘ja bo‘lmoq istagan! Ey bo‘ynimga kishan solib, halokatga sudragan! Ko‘zlaringni zaharlatib o‘ynatmagil, bas endi!
Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo‘lkim, uzilur. Tomirimda qo‘zg‘alishning vahshiy qoni gupirdi, Eski fikr, an’analar endi butkul uzildi, Yo bitarman, yoki sening saltanating buzilur!
Ey sen – meni qul o‘rnida ishlatguvchi afandi! Titra, qo‘rqkim, bog‘liq quling bosh ko‘targan kuch endi!..
Toshkent. 1922, 15 iyul