Satang
Qop-qora sochidan ikkita gajjak Buralib-buralib yuziga tushmish. Qolganlari yana bo‘lakma-bo‘lak Belidan ilondek yerga cho‘zilmish.
Uning yuzlarida boshqa qizlardek Ketsiz qayg‘ularning izlari yo‘qdir. Balki erkda o‘sgan erka qizlardek To‘lg‘in yuzlarida doim sho‘xlikdir.
Ko‘zlari kulishdan boshqani bilmas, Har doim og‘zidan shakkar to‘kilur.
Sevgidan boshqaga bo‘yni egilmas, Oldida so‘fining ahdi buzilur…
Ixcham barmoqlari qilda yugursa, Jonsiz qillar daxi qush kabi sayrar. Yengil oyoqlari yo‘rg‘alab ketsa, Sil bo‘lgan ko‘ngil ham ochilar, yayrar!
Qizil yuzlarida ikki gajjakcha… Ayniqsa, ko‘p ko‘rkam bo‘lgan shu kecha!..
Toshkent. 1922, 6–avgust