So'zim

Nafrat o‘lkasidan hijrat qilganman, Ulfat diyoriga maskan qurganman, Yuzimni o‘t emas, gulga burganman, Samoviy zavqlarga to‘lib turganman Bulbullar sevgini maqtagan damda!

Chechaklar o‘sg‘usi ko‘z yoshlarimdan, Bo‘g‘inlar ung‘usi o‘ylashlarimdan, Qalblar yumshag‘usi sayrashlarimdan, Sevgi chamanida yayrashlarimdan Jannatlar yaratgay tashlangan janda.

Tilingan tillarga qon yugurg‘usi, Bo‘shalgan inlarga jonlar kirg‘usi, Tikanli boqchalar chechak ko‘rg‘usi, Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilg‘usi Jandalar tanimga tekkan kunlarda!..

O‘sh. 1924, 14 avgust